Kecha, 18:25 Iqtisodiyot
Uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lganlarga 120 mln so‘mgacha ipoteka krediti beriladi
Shuningdek, hududlarda 100 mingta kvartiradan iborat bo‘lgan ko‘p qavatli uy-joylar qurilib, ipoteka kreditlarini moliyalashtirishga kamida 17 trln so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.
Kecha, 18:00 Biznes
Biznes tarixi: LEGO o‘yinchoqlar kompaniyasi qanday paydo bo‘lgan?
Mazkur maqolada “LEGO” o‘yinchoqlar brendi qanday tashkil etilgani, rivojlanish tarixi, logotipdagi o‘zgarishlar hamda minifiguralarning turli shakllari haqida ma’lumotlar berilgan.
Kecha, 17:43 Iqtisodiyot
Billing tizimi ishlab chiqilgan — Sherzod Hidoyatov kommunal to‘lovlarning yagona tizimi haqida
Yangi tizimni Navoiyda sinov tarzida amalga oshirish belgilangan. Hozir uni elektr tarmoqlariga integratsiyalash jarayoni ketmoqda.
Kecha, 17:29 Biznes
Rossiyadagi Apple xizmat ko‘rsatish markazlarida iPhone va MacBook uchun ehtiyot qismlari tugadi — Vedomosti
Qayd etilishicha, kompaniyaning vakolatli xizmat ko‘rsatish markazlariga ularning kerakli original ehtiyot qismlarini yetkazib berish to‘xtatilgan.
Kecha, 16:00 Moliya
Dollar kursi yana ko‘tarildi
Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi qariyb 38 so‘mga oshib, 12670 so‘mni tashkil etdi.
Kecha, 15:44 Tadbirkorlik
Hacknovation-2024 hakatoniga arizalar qabul qilinmoqda
Unda universitet, sanoat va maktab yo‘nalishlaridan birida jamoa shaklida ishtirok etish mumkin. G‘olib jamoalarga $1500gacha pul mukofoti beriladi.
Kecha, 14:30 Iqtisodiyot
Uch yilda naqd pulsiz to‘lovlar hajmi ikki baravardan ko‘proq oshishi kutilmoqda
KPMG tahlilchilarining prognozlariga ko‘ra, POS moliyalashtirish va muddatli to‘lovlar bozori ayniqsa tez rivojlanadi.
Kecha, 13:49 Texnologiyalar
Endi bolalar nafaqasi hamda moddiy yordam uchun arizalarni onlayn jo‘natish mumkin
Xizmatdan Yagona portal orqali bepul foydalanish imkoniyati yaratildi.
Kecha, 12:53 Biznes
Qanot Sharq Samarqand-Tel-Aviv yo‘nalishida qatnovlarni tiklaydi
8-maydan boshlanadigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslar haftaning chorshanba kunlari amalga oshiriladi.
Kecha, 12:14 Biznes
Asakabank xususiylashtiriladi — Shavkat Mirziyoyev
Bu bo‘yicha YeTTB bilan bitim imzolandi. Prezident xorijiy investorlarni bank va energetika sohalarida ishtirok etishga taklif qildi.
Kecha, 11:55 Iqtisodiyot
Xorijiy sarmoyadorlar uchun yerlarni ijaraga berish muddati uzaytiriladi
Maxsus iqtisodiy zonalar faoliyat muddatlari bo‘yicha cheklovlar bekor qilinadi.
Kecha, 11:46 Biznes
Ilon Mask Tesla zaryad stansiyalari tarmog‘i jamoasini ishdan bo‘shatdi
Ishdan bo‘shatish 500ga yaqin xodimga ta’sir qildi. Ulardan faqat bir nechtasi boshqa Tesla jamoalariga o‘tkaziladi.
Kecha, 11:40 Iqtisodiyot
Endi investorlar aksiyalardan olinayotgan dividendlar bo‘yicha soliqlardan 3 yilga ozod etiladi
Mamlakatga jalb qilingan xorijiy investitsiyalar hajmi $60 mlrddan oshdi. Xalqaro moliya institutlarining $14 mlrddan ortiq mablag‘lari ijtimoiy va infratuzilma sohalariga yo‘naltirildi.
Kecha, 10:41 Iqtisodiyot
Yana ikkita kompaniya pullik yo‘l qurilishida ishtirok etmoqchi
Yaponiyaning Sojitz hamda Turkiyaning Rönesans kompaniyalari davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishga qiziqish bildirmoqda.
Kecha, 10:17 Texnologiyalar
WhatsApp yangi funksiyalarni ishga tushirdi
Qayd etilishicha, taqdim qilinadigan funksiyalardan biri tadbirlarni rejalashtirishda, ikkinchisi e’lonlarga javoblar to‘plamini yaratishda yordam beradi.
Kecha, 08:39 Iqtisodiyot
Pensiya va nafaqalarning eng kam miqdorlari oshirildi
1-maydan ayrim pensiyalarning eng kam miqdori 621 ming so‘mdan 648 ming so‘mga yetkazildi.
Kecha, 08:03 Energetika
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjon Kaspiy dengizi tubi bo‘ylab kabel yotqizishni rejalashtirmoqda
Tomonlar Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yashil energiya sotish bo‘yicha biznes-modelini ishlab chiqadi.
1 may 2024, 20:00 Ta'lim
Italiya universiteti grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda
Unda o‘zbekistonliklar ham magistratura darajasi uchun ishtirok etishlari mumkin. Qabul qilinganlarning o‘qish xarajatlari to‘liq qoplanadi.
1 may 2024, 19:27 Biznes
SpaceX kosmosga sayohat qilish uchun joylarni bron qilishni boshladi
Biroq, hozircha faqat ikki yo‘nalishda, 2024-yil oxirida Yer orbitasiga, 2025-yilda esa Xalqaro kosmik stansiyaga uchish mumkin.
1 may 2024, 18:18 Texnologiyalar
Google Photos videolarni yaxshilash imkonini beruvchi yangi funksiyani qo‘shadi
Funksiya tegishli tugmani bir marta bosish orqali videodagi yorqinlik, kontrast, to‘yinganlik va boshqa sozlashlarni avtomatik ravishda yaxshilaydi.
1 may 2024, 17:27 Biznes
Internetda Alisher Usmonov nomidan yana soxta xabarlar tarqatildi
Ularda tadbirkor nomidan foydalanuvchilarga tez fursatda daromad olishlari mumkinligi aytilmoqda.
1 may 2024, 16:40 Iqtisodiyot
POS-terminallar orqali amalga oshiriladigan soliqlarni 5%ga kamaytirish taklif etilmoqda
Shu bilan birga, 2027-yilgacha POS-terminallarni o‘rnatgan chakana savdo, xizmat ko‘rsatish va umumiy ovqatlanish korxonalarining xarajatlari foyda va aylanma soliq bazasidan chegirilishi mumkin.
1 may 2024, 16:00 Moliya
Dollar kursi ko‘tarildi
Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi 22 so‘m 5 tiyinga oshib, 12632 so‘mni tashkil etdi.
1 may 2024, 15:48 Texnologiyalar
Android qo‘ng‘iroqlar uchun audio emoji funksiyasi qo‘shiladi
Bu qo‘ng‘iroq paytida maxsus paneldagi belgilardan birini bosganda ovozli reaksiyalardan foydanalanish imkonini beradi.
1 may 2024, 15:27 Iqtisodiyot
Toshkentdan Samarqandga qo‘shimcha elektropoyezd harakati yo‘lga qo‘yildi
Afrosiyob elektropoyezdining qo‘shimcha harakati 3, 4, 5-may kunlari amalga oshiriladi.
1 may 2024, 15:24 Blokcheyn va kriptoaktivlar
Binance asoschisi Changpeng Chjao qamoq jazosiga hukm qilindi
Qayd etilishicha, tadbirkor pul yuvish qonunlarini buzganlikda ayblanib AQShda 4 oyga qamaldi.
1 may 2024, 14:30 Iqtisodiyot
To‘rt oy davomida inflyatsiya qariyb 2,6%ni tashkil etdi
Aprel oyi oxirida yillik inflyatsiya 8,08%ni tashkil etdi. Mart oyiga nisbatan o‘sishga qaramay, oldingi yillarga nisbatan sezilarli darajada past ko‘rsatkichda qoldi.
1 may 2024, 14:16 Biznes
Qanot Sharq Toshkentdan Pragaga aviaqatnovlarni may oyi oxiriga qoldirdi
Aviakompaniya 18-apreldan Toshkent-Praga-Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri muntazam parvozlarni boshlashi kerak edi.
1 may 2024, 13:16 Iqtisodiyot
Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish choralari jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi
Undan keyin esa tadbirkorlik faoliyatiga salbiy ta’sir qiluvchi tartib va talablar olib tashlangach, hukumatga ko‘rib chiqish uchun kiritiladi.
1 may 2024, 12:36 Blokcheyn va kriptoaktivlar
NAPP yana bir kompaniyaga kripto-depozitariy faoliyati uchun litsenziya berdi
Japan DXT Lockton Hub hamda Paynet Crypto’dan keyingi uchinchi kompaniya bo‘ldi.
1 may 2024, 11:33 Blokcheyn va kriptoaktivlar
Bitkoin narxi $60mingdan pasaydi
Oxirgi 24 soat ichida kriptovalyuta narxi taxminan $3700ga yoki qariyb 6%ga pasaydi.
1 may 2024, 10:57 Biznes
Yandex Go O‘zbekistonda elektromobillar uchun alohida tarif joriy etadi
Yangi tarif birinchi bosqichda Toshkentda yo‘lga qo‘yilib, 1 mingdan ortiq elektromobillar xizmatga ulanishi kutilmoqda.
1 may 2024, 09:53 Qonunchilik
Qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish jarayoni raqamlashtiriladi
Shaffof qurilish tizimida 1-iyuldan avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlashda 10 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan loyihalar bo‘yicha jalb qilinadigan yordamchi pudrat tashkilotlari ro‘yxatga olinadi.
1 may 2024, 09:50 Texnologiyalar
Apple Yevropa Ittifoqida iPad uchun ham uchinchi tomon ilovalari do‘konlariga ruxsat beradi
Bu harakat Yevropa Komissiyasining kompaniyaga iPadOS’ni Raqamli bozorlar to‘g‘risidagi qonunga muvofiqlashtirishni buyurganidan keyin amalga oshirilmoqda.
1 may 2024, 09:05 Biznes
BMW Xitoydagi zavodiga qariyb $2,8 mlrd sarmoya kiritadi
Ushbu mablag‘ zavodni modernizatsiya qilish va eng yangi texnologiyalarni joriy etishga yo‘naltiriladi.
1 may 2024, 08:22 Biznes
Birinchi chorakda UzAuto Motors sof foydasi qariyb to‘rt baravarga oshdi
Uch oyda avtomobil ishlab chiqaruvchisining foydasi 1,29 trln so‘mni tashkil etdi.
30 aprel 2024, 19:51 Qonunchilik
Ko‘p qavatli uylar uchun majburiy badallarning eng kam miqdori tasdiqlandi
Xususan, Toshkentda to‘lov miqdori 1 kv metr uchun 1147 so‘mdan 1830 so‘mgachani tashkil etadi.
30 aprel 2024, 19:00 Biznes
SEKTA marketing agentligi asoschisi Sergey Kimning 5ta xatosi
Sergey Spot’ga qanday hollarda mijozlarga yo‘q deyishi, nega ta’sischi-direktor haqiqiy maosh olishi kerakligi hamda biznes muammolari va imkoniyatlarini aniqlashda fokus-guruhlar nima uchun foyda bermasligi haqida so‘zlab berdi.
30 aprel 2024, 18:46 Energetika
1-may kuni Toshkentning qaysi hududlarida svet o‘chirilishi ma’lum bo‘ldi
Bektemir va Uchtepa tumanlarining ayrim hududlarida soat 10:00dan 17:00gacha bo‘lgan oraliqda elektr energiyasi yetkazib berilmaydi.
30 aprel 2024, 18:43 Texnologiyalar
Google Chrome qidiruv paneliga sun’iy intellekt qo‘shildi
Sun’iy intellekt qidiruv paytida foydalanuvchiga saytlarni taklif qiladigan tizimning ishlashini yaxshilash imkonini beradi.